Kafedra filiallarining hamkorligi kengaymoqda

Kafedra filiallarining hamkorligi kengaymoqda

Bank ishi kafedrasi mamlakatimizning yirik tijorat banklari hisoblangan AT «Aloqabank», AJ "Xalq banki", ATIB “Ipak yo‘li”, CHIKB «Hamkorbank», AJ «Asakabank», AT «Agrobank» va boshqa moliyaviy muassasalarda talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishda qator ishlarni amalga oshirdi.

Ushbu ishlarni 2022-yilda yana-da kengaytirish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari A.Raxmatov, B.Maqsudov va B.Jiyanovlar joriy yil 23-dekabr kuni xususiy AT «Universalbank»da tashkil etilgan Bank ishi kafedrasining filialiga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif Bank ishi fakultetining 3-bosqich talabalari hamrohligida amalga oshirilib, talabalar bankda kredit va audit operatsiyalari hamda hisob-kitoblarni o‘tkazish jarayonidagi yangiliklar bilan yaqindan tanishdilar,shuningdek, o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Shu bilan birga, bank rahbariyati Toshkent moliya instituti bilan talabalarni amaliyotga qabul qilish, ular uchun innovatsion o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha 2022-yilda hamkorliklarni yana-da kengaytirishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildilar.



 

16:28 / 2021-12-24
Success helper
Success warning