Malayziyaning Bayneri universiteti bilan istiqboldagi hamkorlik vazifalari muhokama etildi
Joriy yilning 16-noyabr kuni Malayziyaning Bayneri universiteti perzidenti boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi. Xorijiy mehmonlarni institut rektori Prof. T.Teshabayev kutib oldilar.
Uchrashuv davomida 2019-yildan boshlab hamkorlikda tashkil etilgan magistratura qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga diplomlarni berish tartibi hamda istiqbolda institutning bakalavriat ta’lim bosqichiga xorijiy professorlari jalb qilgan holda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.