Behzod Hoshimovdan “Iqtisod va huquq - xalqlar boyligining tabiati va sabablari” mavzusida seminar-trening

Behzod Hoshimovdan “Iqtisod va huquq - xalqlar boyligining tabiati va sabablari” mavzusida seminar-trening

    2019-yil 17-dekabr kuni soat 17-00 da O’zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat yuridik universitetidagi boshlang’ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan TEDxTSUL klubining navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari va institutda tashkil etilgan “Yosh iqtisodchi” iqtidorli talabalar to’garagining koordinatorlaridan biri U.Zaynutdinovalar ham ishtirok etdilar.

 

    Bu galgi loyiha mehmoni Behzod Hoshimov - iqtisodchi, Viskonsin universiteti (AQSh) doktaranti bo’ldi. U “Iqtisod va huquq - xalqlar boyligining tabiati va sabablari” mavzusida seminar-trening o’tkazdi. Unda bozor iqtisodiyoti tizimini tavsiflashda tadbirkorning shaxsiy manfaatlari, uning xohish-irodasi va ongidan qat’iy nazar, butun jamiyat uchun iqtisodiy foyda olishga olib kelishi to’g’risida o’z qarashlarini taklif qildi. Bunda asosiy iqtisodiy erkinliklarni: faoliyat sohasini tanlash erkinligi, qarorlar qabul qilish erkinligi, raqobat va savdo erkinligi haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdi.

 

 

17:05 / 2019-12-23
Success helper
Success warning