“Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”
2022-yilning 18-noyabr sanasida Toshkent moliya institutida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida madaniy -ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Respublika milliy-madaniy markazlar aʼzolari, “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Mehmon sifatida Toshkent shahridagi AVDET nomli qrim-tatar milliy madaniyat markazining rais o’rinbosari va badiiy rahbari Zakirbay Adji Osman, Respublika qozoq milliy madaniyat markazi qoshidagi Maxkambayevlar ansambli tashrif buyupdilar.
Tadbirni “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti dekani R.Saidov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Ma’lumki, bizning qadimiy va sahovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi. Mazkur tadbirda soʻz olganlar aynan mana shu jihatlarga eʼtibor qaratdilar.
Xususan, so’zga chiqqan kafedra dotsent v.b. I.Majidova bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi, millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada milliy-madaniy markazlarning roli kabi dolzarb masalalarga alohida toʻxtaldi.
Tadbir davomida tashrif buyurgan madaniyat markazi vakillari tomonidan millatlararo doʻstlikni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi.