Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Dunyoning TOP-400 reytingidagi universitet bilan ziyorat turizmiga doir hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

   Bugungi kunda eng jadal rivojlanayotgan ziyorat turizmi bozori, bu yo‘nalishda O‘zbekistonning salohiyati, pandemiya sababli ushbu soha uchun 2020 yil oxirigacha berilgan imtiyoz va preferentsiyalarni 2021 yil so’ngiga qadar uzaytirish borasidagi say-harakatlar va sayyohlarning respublikaga yil bo‘yi tashrif buyurish imkoniyatlari nafaqat turizm sohasida, balki, ilmiy sohada ham loyihalar tayyorlashga va chet el davlatlari bilan o’zaro hamkorlik o’rnatishga zamin yaratmoqda.

 

  Toshkent moliya instituti dunyoning TOP-400 reytingidagi Bruney texnologiya universiteti (Bruney Dorussalom) bilan aynan ziyorat turizmi bo’yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.

 

   Shartnoma bo’yicha ikki tomonlama talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini tashkil qilish, hamkorlikda xalqaro vebinarlarni yo‘lga qo‘yish, IT va raqamli texnologiya ishlanmalarini hamkorlikda yaratish va amaliyotga tadbiq qilish barobarida ziyorat turizmini rivojlantirishda qo‘shma ilmiy loyihalar tayyorlash bo’yicha kelishuvlarga erishildi.

 

 

13:55 / 2020-12-12
Success helper
Success warning