Toshkent moliya institutida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bagʻishlangan  davra suhbati boʻlib oʻtdi

Toshkent moliya institutida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bagʻishlangan  davra suhbati boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 25-mart kuni Toshkent moliya institutida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bagʻishlangan  davra suhbati tashkil etildi.

Unda institut moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori Sh.E.Sindarov, Transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mutaxassisi D.T. Xoshimova, Uzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnatni muhofaza qilish bulimi mudiri N.B. Gaipnazarova, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnatni muhofaza qilish Toshkent shahar boʻlimi  yetakchi mutaxassisi X.Sh. Djabbarova, institut professor-oʻqituvchi, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.






Tadbirda soʻzga chiqqanlar mehnatni muhofaza qilish, mehnat muhofazasi sohasidagi oʻzgarishlar va oʻsib kelayotgan yosh avlodda munosib hamda xavfsiz mehnatni tashkil etish tushunchalarini shakllantirish toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar.

Davra suhbati qizgʻin munozaralarga, savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.


19:10 / 2022-03-25
Success helper
Success warning