Inson aziz, xotira esa barhayot.

Inson aziz, xotira esa barhayot.

  9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Chet tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari institutimizda o‘z ish faoliyatlarini uzoq yillar davomida olib borgan faxriy ustozimiz Zuparova Gulchexra opani xonadonlariga tashrif buyurdilar.

  Tashrif davomida ustozning shirin suhbatlaridan bahramand bo‘ldilar. Ustoz o‘zlarining umr yo‘llarida boshidan kechirgan zahmatlari va xursandchilik kunlari haqida gapirib berdilar. Tashrif chog‘ida bir piyola choy ustida esdalik uchun suratga tushildi. 

   Shu bilan birga bir qator kafedra professor-o‘qituvchilari institut talabalari bilan birgalikda “Shahidlar xotirasi” xiyoboniga tashrif buyurib, vatanimiz tinchligi uchun o‘z jonlarini qurbon qilgan vatandoshlarimizni yod olishdi. Bugungi ozod va erkin hayot uchun, farzandlarimizning baxti va kamoli uchun biz jasur ota-bobolarimiz, keksalar, mo‘tabar faxriylar oldida cheksiz qarzdorligimiz va bu aziz insonlarni asrab-avaylash, ularning sog‘-salomat va mazmunli umr kechirishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish – hammamizning muqaddas insoniy burchimiz ekanligi haqida talabalarga tushuntirish berildi.

 

 

 

17:48 / 2019-05-13
Success helper
Success warning