“Xususiy korrelyatsiya koeffitsiyenti” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

“Xususiy korrelyatsiya koeffitsiyenti” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

2024-yil 3-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida kafedra dotsenti, Phd. M.Raxmonov tomonidan “Xususiy korrelyatsiya koeffitsiyenti” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

 

Mahorat darsida dotsent M.Raxmonov amaliy ekonometrik tadqiqotlarda ko‘p omilli regressiya, uning xususiy ko‘rinishi, korrelyatsiya koeffitsiyentlarining farqli jihatlari, xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblash texnikasi hamda ularning iqtisodiy mazmuni bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdi.

 

Mahorat darsi davomida dotsent Phd. M.Raxmonov kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi mahorat darslarining ko‘proq o‘tkazilishi hamda darslar mobaynida haqiqiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan iborat misollardan foydalanish ta’lim sifati oshishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.  

17:33 / 2024-01-03
Success helper
Success warning