Toshkent moliya instituti xuzuridagi «DIGITAL FINANCE» inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi
IT-Park hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida «DIGITAL FINANCE» inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugun mazkur markazni rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.
Markazning maqsadi institutda yoshlar o‘rtasida startap ekotizimni rivojlantirish asosida, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni innovatsion g‘oyalarini qo‘llab quvatlash hamda, tijoratlashtirishdan iborat.
Markazda:
- IT-Park inkubatsiya va akseleratsiya o‘qitish metodologiyasi dasturlari asosida startap loyihalari uchun treninglar o‘tkazish;
- startap loyihalari ishtirokchilariga texnik xizmat ko‘rsatish;
- tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy masalalari bo‘yicha, shu jumladan xalqaro ekspertlar ishtirokida konferentsiyalar, ko‘rgazmalar, davra suxbatlari, seminarlar o‘tkazish;
- inkubatsiya ishtirokchilarini malaka oshirishlarini, shu jumladan chet elda o‘qishini tashkil etishda yordam ko‘rsatish;
- yosh olimlar va talabalarning innovatsion tadqiqot va rivojlantirish loyihalari va dasturlariga investitsiyalarni jalb qilish;
- marketing ekspertizasi faoliyatini, shuningdek, marketing xizmatini shartnoma asosida amalga oshirish kabi imkoniyatlar yaratiladi.
Tadbirda vazirlik va idoralar rahbarlari, institut talaba yoshlari, yosh tadqiqotchilari, professor o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida markaz faoliyati yuzasidan, shuningdek, talaba yoshlarni startaplari taqdimotlari o‘tkazildi.