Elsevier kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Elsevier kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 7 dekabr kuni Elsevier kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institut retkori T.Teshabayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Islamkulov, Elsevier kompaniyasining Turkiya, Eron, O‘rta Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy menejeri Tayfun Basal, Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mintaqaviy rahbari Damir Raxmetov ishtirok etdi.

 

 

 

 

Uchrashuvda Toshkent moliya instituti professor o‘qituvchilarining Scopus bazasidagi jurnallarga ilmiy maqola tayyorlash va chop etish bo‘yicha treyning kurslar tashkil etish, institut tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya to‘plamlari Scopus bazasida identifikatsiyalash, institut professor-o‘qituvchilar hamda doktorantlar ScienceDirect platformasida axborot resurslaridan (chop etilgan maqola va darsliklar) to‘g‘ri-to‘g‘ridan yanada kengroq foydalanish uchun imkoniyatini yaratish, institutining “Xalqaro hisob va moliya” ilmiy jurnalini Scopus bazasi uchun ishlab chiqilgan talablar bo‘yicha ekspert tavsiya va xulosalarni doimiy ravishda berish, institutining “Xalqaro hisob va moliya” ilmiy jurnalini Open Access ga kiritishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi qator masalalar muhokama etildi.

18:15 / 2023-12-07
Success helper
Success warning