Orzulari ushalayotgan Ergashev Shoxrux

Orzulari ushalayotgan Ergashev Shoxrux

Joriy yilning may oyida Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, markazning bolalar onkologiyasi bo‘limida davolanayotgan bemor bolalar va ularning ota-onalari bilan suxbatlashdi. Muloqot chog’ida bemor, Ergashev Shoxrux Toshkent moliya institutida o‘qish niyati borligini Prezidentga bildirgan hamda uning orzusini qo‘llab-quvvatlashni so’ragan.

 

Toshkent moliya instituti rahbariyati tibbiyot markazida bo’lib, institutda o‘qish istagini bildirgan Ergashev Shoxrux orzusi ro’yobini amalga oshirish maqsadida TMI-PDU qo‘shma fakultetida tashkil etilgan tayyorlov kursida bepul tahsil olishini kafolatlovchi “Sertifikat”ni taqdim etdilar.

 

Ma’lumot o’rnida, Shoxrux Ergashev Buxoro viloyati, Jondor tumani, Xumin q.f.y.da istiqomat qiladi. U hozirda tumandagi 12–maktabning 8-sinf o‘quvchisi.

11:56 / 2021-06-09
Success helper
Success warning