ZAMONAVIY IZOHLI LUG‘AT YARATILDI

ZAMONAVIY IZOHLI LUG‘AT YARATILDI

   Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari i.f.d., prof. T.S.Malikov, i.f.n. X.A.Qobulov, DSc. Sh.Q.Jalilov va i.f.d., prof. O.O.Olimjonovlar hammuallifligida “ZAMONAVIY MOLIYA-BANK INGLIZCHA ATAMA VA IBORALARINING O‘ZBEKCHA-RUSCHA IZOHLI LUG‘ATI” nomli mobil ilova yaratildi.

    Android operativ tarmog‘ida ishlaydigan mazkur mobil ilova ko‘rinishidagi lug‘at moliya-bank tizimiga oid bilimlarni ingliz tilida o‘zlashtirishga kirishgan talabalar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar, pedagog-xodimlar, shuningdek har qanday qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning yordamida zamonaviy moliya-bank inglizcha atama va iboralarining o‘zbek hamda rus tilidagi izohlarini topishlari mumkin. Lug‘at 1500 dan ziyod atama va iboralarni o‘z ichiga olgan.

   Dastur O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda DGU 09489-sonli guvohnoma olindi.

Ilovani Play Market (Play Store)dan BEPUL yuklab olish mumkin.

 

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.idyllic.finbankterm

Dastur hajmi: 3,1 MB

17:22 / 2020-12-09
Success helper
Success warning