“Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

“Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

 

2024-yilning 26-yanvar kuni Bank ishi fakulteti “Bank hisobi va audit” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz”shiori ostida “Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.









 

Mazkur davra suhbatida Toshkent shahar Narkologiya markazi shifokori narkolog S.Intizorova, institut shifokori U.Soliyeva, institut psixologi M.Yusupova, IIB profilaktika inspektori N.Islamova, “Bank hisobi va audit” kafedrasi professor-oʻqituvchilari, institut tyutorlari va 180 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.







Ushbu tadbirda giyohvandlik asr muammosi va unga qarshi koʻrilayotgan choralar haqida mutaxassislar tomonidan aytib oʻtildi. Shuningdek, giyohvandlikning jamiyatga yetkazadigan zararlari haqida fikr-mulohazalar tinglandi. 









 

Tadbir soʻngida Giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusida videofilm talaba-yoshlarga katta taassurot qoldirdi va bunday tadbirlar koʻproq boʻlishini taʼkidlashdi. Mazkur davra suhbatida talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

 

13:59 / 2024-01-26
Success helper
Success warning