Toshkent moliya institutida “Ilm va innovatsiyalar forumi – 2021” tadbiri boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 22-dekabr kuni Toshkent moliya institutida “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan International development services kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021-yil sarhisobi asosida “Ilm va innovatsiyalar forumi – 2021” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Hakimov Raxim Rasuljonovich, Toshkent moliya instituti rektori Teshabayev Toʻlqin Zakirovich, Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori Tuychiyev Olimjon Alijonovich, “International devolopment services” asoschisi Allanazarova Dilnoza Nurullayevna, Elsevier kompaniyasi ekspert-mutaxassislari, shuningdek, institut doktorantlari, yosh olimlari, professor-oʻqituvchilari, talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu forumdan maqsad professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, yosh olimlarning amalga oshirgan ishlar natijalari, ilm-fanni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini yaratish, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, bakalavriat va magistratura talabalarining dunyoning eng yirik ilmiy-tahliliy maʼlumotlar bazasi bo‘lgan Scopus platformasi statistikasi bo‘yicha samarali faoliyat yuritayotgan yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlarini oshirish, shuningdek, ilmiy jurnallarning xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini taʼminlash.
Forum olimlarning sermahsul faoliyatini rag‘batlantirish, ziyolilar mavqeni ko‘tarish hamda yoshlar o‘rtasida ilmiy faoliyat bilan professional shug‘ullanishni ommalashtirishga yo‘naltirilgan.
Maʼlumot uchun, 2021-yil 10-sentyabr kuni Toshkent moliya instituti hamda International development services kompaniyasi o‘rtasida ilm-fanni yana-da rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.