Ilmiy faoliyatni tijoratlashtirishning amaliy natijalari o'rganilmoqda

Ilmiy faoliyatni tijoratlashtirishning amaliy natijalari o'rganilmoqda

 

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalarining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining ikkinchi guruhi Qozon federal universitetida "Intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish" dasturi bo‘yicha amaliyot o‘tamoqda.

Mazkur amaliyot dasturida Toshkent moliya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.X.Islamkulov ham ishtirok etmoqda.



Taʼkidlash joizki, mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Dasturda oliy taʼlim muassasalarida tadbirkorlik platformalari va universitet infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator amaliy natijalar taqdimoti o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

 

20:45 / 2022-06-10
Success helper
Success warning