“Soliq to’lovchilar bilan ishlashda interaktiv xizmatlarning yo’lga qo’yilishi” mavzusida master-klass tashkil qilindi
2022-yil 27-dekabr kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-o’qituvchilari uchun “Fan, ta‘lim va ishlab chiqarish integrasiyasi” uzluksizligini ta‘minlash maqsadida Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig’i R.Raimov hamda “Soliq solish bo’yicha maslahat bo’limi” boshlig’i A.To’rayev tomonidan “Soliq to’lovchilar bilan ishlashda interaktiv xizmatlarning yo’lga qo’yilishi” mavzusida master-klass tashkil qilindi.
Kafedra professor-o’qituvchilari uchun tashkil etilgan master klass jonli muloqot ko’rinishida o’tkazildi hamda qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.