“Innovatsion ta’lim texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash tizimini takomillashtirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi
2024-yil 4-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida kafedra professori i.f.d., professor Tojiboeva Dilorom tomonidan “Innovatsion ta’lim texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash tizimini takomillashtirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Master-klassda professor D.Tojiboeva iqtisodiy fanlardan ta’lim berishda zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda kredit modul tizimiga asoslanish zarurligi hamda har bir iqtisodiy fanlar mavzusidan dars o‘tishda albatta uning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda ta’lim metodlarini qo‘llash kerakligi haqida so‘z yuritdi.
Master-klass davomida professor D.Tojiboeva kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’lim texnologiyalariga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo‘ldi.