Inklyuziv va sifatli ta’lim yo‘lida ishlash: ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash         

Inklyuziv va sifatli ta’lim yo‘lida ishlash: ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash         

Oliy taʼlim tizimi oldidagi ustuvor vazifalaridan biri, bu o‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini taʼminlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish, yaʼni yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yana-da oshirish.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, ijrosini taʼminlash maqsadida, “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti, “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi hamda fakultetning bitiruvchilari, “Deloitte & TOUCHE” MCHJ auditorlik kompaniyasi vakillari hamkorligida biznes-seminar tashkil etildi.





Ushbu treningda “Deloitte & TOUCHE” kompaniyasi vakillari tomonidan bitiruvchi talabalarga munosib ish va daromad manbai bilan taʼminlash, IT-texnologiyalarni oʼrganish, tadbirkorlikka keng jalb etish, bandlik masalalariga qaratilgan amaliy yordam va yoʼllanmalar berildi.
 

18:02 / 2022-05-28
Success helper
Success warning