“Inson huquqlari bilimdoni-2023” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
2023-yil 7-dekabr kuni institutda o‘tkazilgan “Inson huquqlari bilimdoni-2023” ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Inson huquqlari bilimdoni-2023” ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichida quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
- “Eng yaxshi inson huquqlari bilimdoni” nominatsiyasi bo‘yicha Budjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti talabasi Abdulatibova Mubinaxon;
- “Eng yaxshi inson huquqlari universal shartnomalari bilimdoni” nominatsiyasi bo‘yicha Moliya fakuteti talabasi Ismailova Odinaxon;
- “Eng yaxshi inson huquqlari sohasidagi qonunchilik takliflari” nominatsiyasi bo‘yicha Bank ishi fakulteti talabasi Yormamatov Diyorbek;
- “Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha Soliqlar va sug‘urta fakulteti talabasi Toshmurodov Asadbek.
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor K.Karimova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat a’zosi, Qo‘mita rais o‘rinbosari B.Matmurodov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri S.Otamuratovlar tomonidan topshirildi.