“Internetda axborot xavfsizligi” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir
2020-yil 07-fevral kuni “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan Toshkent moliya institutining 1-TTJ da kafedra haftaliklari doirasida “Internetda axborot xavfsizligi” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Olmazor tumani IIO FMB 4-sonli IIB XPB profilaktika katta inspektori leytenant A.Qodirov, “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” pedogog-xodimlari va 1-TTJda istiqomat qilayotgan talaba yoshlar qatnashdilar.
Tadbir tashkilotchilari talabalarga jamiyatda axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarning kengayishi bilan bir qatorda, mamlakatimizda ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi ijtimoiy munosabatlar-axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari xususida to’xtalib o’tdilar.