Iqtidorli talabalar taqdirlandilar
2020-yil 12-fevral kuni soat 14.00da iqtidorli talabalar va magistrantlar o‘rtasidagi “Eng yaxshi ilmiy maqola”, “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi ma’ruza” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlovni Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, i.f.d., prof. S.U.Mexmonov ochib berdi, u o‘z so‘zida mamlakatimiz rahbari va institut rahbariyati tomonidan yosh olimlar va iqtidorli talabalarning ilm bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Tadbirda institut “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi” boshlig‘i i.f.n.,dots. X.M.Shennaev, “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri dotsent X.S.Asatullaev, “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti D.Xusanov, PhD G.Xalikulova, kafedra katta o‘qituvchilari M.Nuralieva, O.Mamadiyorov va dotsent N.Kasimovalar qatnashdilar. Ko‘rik tanlovda institut va boshqa oliy o‘quv yurtlaridan 150 ta talaba va magistrlar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tomonidan 13 ta eng iqtidorlilar tanlab olindi. G‘oliblar homiy tashkilotlar tomonidan mukofotlar bilan taqdirlandilar.