Islom moliya xizmatlarini amalga oshirish jarayonlari

Islom moliya xizmatlarini amalga oshirish jarayonlari

O‘zbekistonda amalda Toshkent moliya institutining “Bank ishi” kafedrasi tomonidan 2022 yil 13 yanvar kuni “Bank ishi” va “Banklarda buxgalteriya hisobi va audit” kafedralari professor-o‘qituvchilari uchun «O‘zbekistonda islom tamoyillari asosida moliyalashni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va ustuvor yo‘nalishlar» mavzusida ilmiy o‘quv seminar tashkil etildi.

“Bank ishi” kafedrasi mudiri A.Omonov taklif etilgan mehmonlar Husniddinov Muzaffar va Ibadov Muhammadfayoz Muhammadvafayevichlarni tanishtirdi.

Birinchi bo‘lib «Islommoliyasi.uz» sayti asoschisi “Islomis Business and Finanse” MCHJ hamasoschisi va moliyaviy menejeri Husniddinov Muzaffar so‘zga chiqdi. Husniddinov islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan kredit tashkilotlari faoliyati, ularning rivojlanish dinamikasi, geografik va mintaqaviy rivojlanishi haqida juda qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etdi. Islom moliyasi va qimmatli qog‘ozlar sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ishlab chiqish rejalari haqida gapirdi. Xorijlik mualliflar va mahalliy olimlarning zamonaviy adabiyotlari bilan tanishtirdi va institutga kitoblarning birini sovg‘a qildi.

Taqdimotdan so‘ng maʼruzachiga ko‘plab savollar berildi, xususan, islom moliyasining real rivojlanishi va amaliyotga joriy etilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar va boshqa savollarga atroflicha javoblar olindi.

So‘ngra “Trast bank” XABning islomiy moliyalashtirish uslublarini ishlab chiqish va joriy etish uslublarini joriy etish bo‘yicha eksperti Ibadov Muhammadfayoz Muhammadvafayevich so‘zga chiqdi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Trast bank” XAB faoliyatiga islomiy oynalarni joriy etish amaliyoti, Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi bilan hamkorlik bosqichlari, bankning islom moliyalashtirish o‘rtasidagi vositachi roli haqida gapirdi. Amaldagi qonunchilik bilan bog‘liq muammolar va ularni hal etish zaruriyatiga to‘xtalib o‘tildi.





Ilmiy seminar so‘ngida “Bank ishi” fakulteti dekanati vakillari va professor-o‘qituvchilari ma’ruzachilarga mazmunli va qiziqarli seminar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.





18:33 / 2022-01-14
Success helper
Success warning