Jens Jungman Toshkent moliya institutida

Jens Jungman Toshkent moliya institutida

20-may kuni RSP International kompaniyasi hamkori Jens Jungman hamda loyihalashtirish bo‘yicha menedjer Yuliya Shammasova institutga tashrif buyurdilar.

 

Tashrif davomida mehmonlar Buxgalteriya hisobi hamda Audit yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun seminar-treninglar tashkil qilish hamda ushbu yo’nalishlarda mutaxassislarni tayyorlovchi kafedralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha kelishib oldilar.

 

Ma’lumot o’rnida! RSP International kompaniyasi xorijiy investorlarga O’zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi haqida ma’lumot yetkazuvchi, jumladan, soliq qonunchiligi, auditorlik tizim faoliyati va mamlakatga investitsiya kiritishda mavjud shart-sharoitlar tog’risida chet elliklarga axborot beruvchi konsultativ kompaniya hisoblanadi.

 

13:31 / 2021-05-21
Success helper
Success warning