Talaba qizlarda kiyinish madaniyati va sog‘lom turmush tarzi

Talaba qizlarda kiyinish madaniyati va sog‘lom turmush tarzi

Toshkent moliya instituti Xotin-qizlar kengashi va Moliya fakulteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan institut professor o‘qituvchilar, “Moliya” fakulteti talaba qizlariga Oliy ma’lumotli Imidj-mastaxatchi Oydinoy Tuxtayeva va to‘g‘ri ovqatlanish bo’yicha dietolog Mavjuda Zoxidovalar tomonidan 2021-yil 18-mayda “Talaba qizlarda kiyinish madaniyati va sog‘lom turmush tarzi” mavzusida onlayn master-klass tashkil qilindi.

 

«My image» modalar maktabi asoschisi va raxbari Oydinoy Tuxtayeva onlayn master-klassda kiyinish shaxsiy masala ekanligi, lekin har bir jamiyatning odob-ahloq me’yorlari va talablariga mos va xos kiyinish etikasi, talaba qiz-ayollarimiz jamiyatning vakili sifatida ana shu me’yorlarga amal qilishi va bu yoshlar tarbiyasi, kiyinishda milliy an’analarimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, talaba qizlarimizni “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari ta’siriga tushib qolishining oldini olish, kiyinishda xorijliklarga taqlid qilish singari salbiy oqimlardan asrash, “dress-kod” normalariga ham amal qilish yuzasidan taklif, fikr-mulohazalar bildirdi va boshqa amaliy ko‘nikmalar hamda foydali maslahatlarni aytib o‘tdilar.

 

Shu bilan birgalikda to‘g‘ri ovqatlanish bo’yicha dietolog Mavjuda Zoxidova tomonidan jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklar hamda “Fast fud”lar ni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish holatlari yuzaga kelayotganligi sababali talaba qizlarimizga sog‘lom ovqatlanish odatini shakllantirish kerakligi haqida ko‘pgina foydali m’lumotlar va fikr mulohazalar bildirdi.

 

Onlayn master-klassda qayd etilgan va yuritilgan fikr mulohazalar, ma’lumotlar va foydali maslahatlar professor-o‘qituvchilarva talaba-qizlarda katta qiziqish uyg‘otdi, ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

 

17:39 / 2021-05-19
Success helper
Success warning