2021-yilning 24-may kuni Toshkent moliya institutida “Zamonaviy biznesni boshqarish, iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish: nazariya va amaliyot uyg‘unligi” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.
Malayziyaning Binary Universiteti, Yaponiyaning Bunkyo Gakuin Universiteti, Polshaning Cracow Universiteti, AQShning INTEAS universiteti, Guliston davlat universiteti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari hamkorlarligida tashkil etilgan mazkur xalqaro konferensiyada dunyo mamlakatlarining turli hududlaridan professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar hamda magistrantlar o’zlarining maqola va tezislari bilan ishtirok etdilar.
Xalqaro konferensiya yakuniga ko’ra tashkiliy qo’mita tomonidan mamlakatimiz va jahon iqtisodiyoti rivoji uchun manfaatli bo’lgan ilmiy izlanish natijalari to‘plamga kiritildi hamda mualliflarga sertifikatlar topshirildi.