“Kredit tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etishning xorijiy tajribalari”

“Kredit tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etishning xorijiy tajribalari”

Toshkent moliya institutida talabalarni qishki taʼtili davrida profesor – oʻqituvchilar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida barcha rahbar va pedagog kadrlar uchun kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazib kelinmoqda. 

Mazkur chora-tadbirlar doirasida 2022-yil 11-yanvar kuni Oʻquv-uslubiy boshqarma hamda “Taʼlimning kredit tizimini boshqarish” boʻlimi xodimlari tomonidan institutning barcha rahbar va pedagog xodimlari uchun “Kredit tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etishning xorijiy tajribalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.








Seminar-treningda oʻquv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etishning Yevropa (ECTS), AQSH (USCS), Buyuk Britaniya (САТS) va boshqa davlatlar tajribalari qiyosiy tahlil qilinib, Toshkent moliya institutida oʻquv jarayonini tashkil etishda ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalanish istiqbollari muhokama qilindi.

Seminar-trening pedagog xodimlar faolligida, qizgʻin bahs va munozaralar asosida oʻtdi. Seminar-treninglar 2022-yil 22-yanvarga qadar davom etadi.

18:31 / 2022-01-11
Success helper
Success warning