Latviya bilan ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik

Latviya bilan ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik

2021-yilning 14-iyul kuni Latviya fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti direktori Nina Linde boshchiligidagi delegatsiya Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.

 

Uchrashuvda Toshkent moliya instituti va Latviya fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti bilan istiqbolda ilmiy-tadqiqot yo’nalishida o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, jumladan professor-o’qituvchilar malakasini oshirish, xalqaro ilmiy grant tanlovlarida birgalikda ishtirok etish, hamkorlikda ilmiy anjumanlar tashkil etish va ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash va bu boradagi ishlarni manzilli amalga oshirishga qaratilgan “Yo’l xaritasi”ni imzolashga kelishib olindi.

 

Mazkur uchrashuvda ishtirok etgan professor Nina Linde mamlakatimizda ilm-fanning jadal sur’atda o’sib borayotganini hamda institutimizning mamlakatda nufuzli oliy taʼlim muassasasilaridan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratdi.

 

Shuningdek, mehmonlar uchrashuv davomida Toshkent moliya institutining Innovatsion sug’urta markazi, “Digital Finance” akseleratsiya va inkubatsiya markazi, institutning axborot-resurs markazi hamda institut moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

 

 

13:05 / 2021-07-16
Success helper
Success warning