“Rahbarlik mas'uliyati “KECHA VA BUGUN” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

“Rahbarlik mas'uliyati “KECHA VA BUGUN” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi


Joriy yilning 22 may kuni "Menejment va marketing" kafedrasi dotsenti., PhD Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tomonidan "Iqtisodiyot" fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda "Menejment va marketing" kafedrasi katta o’qituvchisi X. Shodmonov va "Bank ishi" kafedrasi o’qituvchisi I. Yo’ldoshevalar ishtirok etdi.




 

Tadbir davomida Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘sayotgan bir vaqtda, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini ta’minlash, tashkilot va korxonalarda boshqaruv faoliyatini samarali tashkil qilishda rahbarlik mahorati muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida so’z yuritdi. Shuningdek, rahbar tashkilotlardagi ichki aloqalarni tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siri masalalari bo‘yicha fikrlash tizimiga ega bo‘lishi,  umuminsoniy sifatlarga va boshqaruv qobiliyatlarni o’zida mujassam qilishi hamda rahbar imidji qanday bo‘lishi kerakligi to’g’risida to’xtalib o’tdi.

 

Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Ushbu mahorat darsi talabalarning kelgusida boshqaruv bilimlari va rahbarlik salohiyatini egallashga xizmat qiladi.

15:30 / 2023-05-24
Success helper
Success warning