Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha muvaffaqiyat
Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari professor-o‘qituvchilari talabalarga dars berishdan tashqari, parallel ravishda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o’z malakalarini oshirmoqdalar.
2020-yilning sentyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tashabbusi bilan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asoslari” bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, mazkur o‘quv kursida faol ishtirok etgan va belgilangan talablarni bajargan tinglovchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanishi belgilangan edi.
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi professori, i.f.d. Hamdamov Bahrom Qosimovich ana shundan sertifikat bilan taqdirlandi.
Institut jamoasi soha mutaxassislari bo’lgan professor-o‘qituvchilarning moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘quv kurslarida ilmlari yanada ziyoda bo’lishini va katta muvaffaqiyatlar olib kelishini tilaydi!