Toshkent moliya institutida “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent moliya institutida “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi

 

“Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan Kompleks chora-tadbirlar rejasi doirasida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan barcha fakultetlar jamoalarining ijodiy hamkorligida o‘tkazildi.

 

Tadbirda institut talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari, fakultetlarning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda tyutorlari bevosita ishtirok etdilar.

 

Ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda talaba-qizlar va ayol pedagog-xodimlar salohiyatidan samarali foydalanish, o‘zbekona kiyinish madaniyati, uning targ‘iboti, kiyim tanlash, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan g‘arb va boshqa kiyinish madaniyatiga taqlidning oldini olish, o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, kiyinish madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

 

Tadbir davomida milliy kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, temirchilik namunalarining ko‘rgazmalari, milliy liboslar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.


















 

Asosiy tadbir “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” deb nomlangan fakultetlararo ko‘rik-tanlov bo‘lib, unda fakultetlar ijodiy jamoalari milliy an’analar va milliy qadriyatlar orqali milliy liboslar jozibasini namoyish etish, bunda milliy liboslarning hududlar bo‘yicha, tarixiy taraqqiyot bo‘yicha, milliy urf-odatlar bo‘yicha talqinini ko‘rsatish, milliy liboslarning zamonaviy talqini va o‘zbek milliy liboslarini ommalashtirish shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Fakultetlar jamoalari o‘z chiqishlarini sahna ko‘rinishlari, raqslar va milliy liboslar taqdimoti orqali namoyish qildilar. Namoyishlar viloyatlar kesimida ularning milliy an’analari va asrlar davomida sayqallanib kelayotgan urf-odatlarini yaxlit mavzuli kompozitsiyalarda ko‘rsatildi.

















 

Yoshlar ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish barobarida milliy urf-odatlar va an’analar bilan yaqindan tanishadilar, milliy liboslarning tarixiy taraqqiyotini, asrlar davomida takomillashib kelganini o‘rganadilar, qadriyatlarimizning yanada mustahkamlanishiga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarni milliy o‘zligimizni angashga yordam beradi, milliy urf-odatlar va an’analarga hurmat, ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.




 















Fakultetlararo ko‘rik-tanlovda Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti 1-o‘rinni, Moliya fakulteti 2-o‘rinni, Magistratura va kechki ta’lim fakulteti jamoalari 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Boshqa jamoalar nominatsiyalar g‘olibi bo‘ldilar.






 












 




Shuningdek, ko‘rik-tanlov uchun maxsus eng ijodkor jamoa, eng kreativ jamoa, eng jozibali jamoa, eng quvnoq jamoa, eng iste’dodli jamoa kabi nominatsiyalar bo‘yicha munosib deb topilgan jamoalar ham institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

 

17:44 / 2023-11-25
Success helper
Success warning