Institut dotsenti, PhD., Saidova Marhabo AQShning Vayoming Universitetida stajirovka o'tab qaytdi

Institut dotsenti, PhD., Saidova Marhabo AQShning Vayoming Universitetida stajirovka o'tab qaytdi

Institut professor-o‘qituvchilarining xalqaro universitetlar olimlari bilan o‘zaro ilmiy-ijodiy ishlar samaradorligini oshirish, ilmiy faoliyatda xalqaro integratsiyani yanada mustahkamlash, xalqaro tajribalarni o'rganish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

 

Xususan, joriy yilning yanvar-may oylarida “Statistika va ekonometrika” kafedrasi dotsenti, PhD., Saidova Marhabo Habibullo qizi Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi tomonidan moliyalashtirilgan FEP dasturi doirasida AQSHning Vayoming universitetida (University of Wyoming) stajirovka o‘tab qaytdi. 

 

 

 

PhD M.Saidova Vayoming universitetidagi mazkur stajirovka davomida bir qator xalqaro darajadagi konferensiyalarda ishtirok etdi: 2023-yil 25-fevralda Nyu-Yorkda Kolumbiya universitetida o‘tkazilgan ALP konferensiyasida, 2023-yil 11-mart kuni Vashingtonda Jons Xopkins universitetining  IEEE Integrated STEM Education 13-sonli konferentsiyasida o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

 

 

 

 

Amerikaning Vayoming universiteti ilmiy izlanuvchilari va professor-o‘qituvchilari uchun “Biznes” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri professor Aleksandr Skiba ilmiy rahbarligi ostida  “O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish jarayonini ekonometrik modellashtirish va statistik tahlil qilish”  nomli ilmiy izlanishi mavzusi bo’yicha ma’ruza qildi, shuningdek, stajirovka davomida Garvard universiteti, Rutgers universiteti, Kolorado universitetining ilmiy laboratoriyalari, ta'lim jarayonlari, ilmiy tadqiqot  olib borish usullari bilan tanishdi.

 

14:52 / 2023-05-29
Success helper
Success warning