Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!

Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!

Joriy yilning 25-iyun kuni Toshkent moliya instituti jamoasi tomonidan Uchtepa tumanida joylashgan  Uchtepa, Quyi Darxon, Yangiyoʻl, Diydor va Alixontoʻra Sogʻuniy mahalla yoshlari uchun “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida  ma'naviy-ma’rifiy kecha va konsert dasturi tashkil etildi.

 

Tadbirda Toshkent moliya instituti rektori To'lqin Teshabayev, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bobur Bobomurod, Quyi Darxon mahalla fuqarolar raisi Dilshod Alimovlar soʻzga chiqib, yoshlarni bayram bilan tabriklashdi.

 

Tadbir davomida yoshlarning jo'shqinligi va shijoati mamlakat taraqqiyotida beqiyos kuch ekanligi, shu bois, yurtimizda aynan yoshlar masalasiga eʼtibor davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi taʼkidlandi.

 

Konsert dasturida estrada xonandalari Muzaffar Abduazimov, Yorqinxo'ja Umarov hamda didjey “SEZH”lar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar bayram tadbiri qatnashchilariga yuqori kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida o'tkazilgan  “Kitobxonlik” viktorinasi  g’oliblariga institut tomonidan qimmatbaho  esdalik sovg’alari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

08:53 / 2021-06-26
Success helper
Success warning