“Mahallabay” ishlash tizimining dastlabki sarhisobi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalariga mahallalar biriktirilgan bo'lib, mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarni ikki tomonlama kasbga yo’naltirish va bandligini ta’minlash tadbirlari respublika bo’ylab amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent moliya institutit Yunusobod tumanida joylashgan Shahriston, Bodomzor, Otchopar-1 va Xiyobontepa mahallalari, Uchtepa tumanida joylashgan Diydor, Alixonto‘ra Sog‘uniy, Uchtepa, Quyi Darxon va Yangiyo‘l mahallalari hamda Yashnobod tumanida joylashgan Shirinobod mahallalari bilan o’zaro hamkorlikda yashlar bandligi masalalari bo’yicha bir qator tadbirlarni birgalikda bajarmoqdalar.
Bugun nomi yuqorida zikr etilgan mahalla raislari ishtirokida institut rektori, mas’ul prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirokida mahallalardagi umumta’lim maktablari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash va ijtimoiy faolliklarini oshirishga ko‘maklashish hamda 5 muhim tashabbus doirasida mamlakatimizda va OTMda tashkil etilayotgan tadbirlarga jalb etish yuzasidan dastlabki tahliliy hisobotlar tinglandi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan “Mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2021-yilning may hamda iyun oylari davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi bo’yicha rejadagi vazifalar kelishib olindi.