“Iqtisodiyotning asosiy muammolari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

“Iqtisodiyotning asosiy muammolari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 23-yanvarda Toshkent moliya instituti, Ilmiy -tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlari uchun  “Iqtisodiyot” kafedrasi i.f.d., professori Jo‘rayev Toshbolta To‘xtayevich tomonidan  “Iqtisodiyotning asosiy muammolari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

 

 

 

 

Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad, doktorantlarning dissertatsiya ishlari doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, tajribalar o‘tkazib, olingan natijalarga ishlov berish va tahlil qilish hamda kamchiliklarni bartaraf etgan holda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.

14:02 / 2024-01-23
Success helper
Success warning