Maktab va oliy ta'lim integratsiyasi
14 aprel kuni Toshkent moliya instituti jamoasi Yashnobod tumanidagi 198-sonli o‘rta umumta'lim maktabiga tashrifni amalga oshirdilar.
Tashrifdan ko’zlangan maqsad “Maktab va oliy ta'lim integratsiyasi” bo’lib, Yashnobod tumanidagi 67, 198, 230-maktablarning 11 sinf o‘quvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirishni rag’batlantirish va kasbga yo‘naltirish hisoblanadi.
Tadbir davomida o’quv ishlari bo’yicha prorektor, fakultet dekanlari va Qo‘shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim mas'ullari tomonidan institutda tahsil olish jarayonlari hamda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar, ta'lim yo‘nalishlari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan institut mas'ullaridan atroflicha ma'lumot oldilar. Ko‘rgazmali vositalar orqali oliy ta'limda tahsil olish borasidagi tushunchalarini boyitdilar.