Maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish tadbirlari
Toshkent moliya institutiga biriktirilgan Yunusobod va O‘rtachirchiq tumanlarida joylashgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligi va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida institut rahbariyati va maktab direktori bilan uchrashuv bo’lib otdi.
Mazkur tadbirda umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar sarhisob qilindi va yangi chora-tadbirlar rejalashtirildi. Jumladan,
1) Maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish va yuqori sinf o‘quvchilarini OTMga tayyorlash. Bunda, maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilarini institutda tashkil etilgan abiturientlarni tayyorlov kursiga jalb etish orqali OTMga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, institut qoshida tashkil etilgan abiturientlarni tayyorlov kursida 5 ta fan (tarix, matematika, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili) bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
2) Institutga biriktirilgan maktablar o‘qituvchilarini kasbiy mahoratini oshirish.
Institut rektorining buyrug‘i asosida institutga biriktirilgan umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini matematika, ingliz tili, o‘zbek tili va adabiyoti, tarix fanlari bo‘yicha “Pedagogik mahorat maktabi” qisqa muddatli kurslarida o‘qitish orqali ularni kasbiy mahorati oshiriladi.
3) Institutga biriktirilgan maktablar yuqori sinf o‘quvchilarini institutga tashrifini tashkil etish.
Institutga biriktirilgan maktablar yuqori sinf o‘quvchilarini fevral-may oylari davomida institutga va adiblar xiyoboniga tashrifi amalga oshiriladi. O‘quvchilarni tashrifi davomida institut haqida, yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.
4) Institutga biriktirilgan maktablarda ochiq eshiklar kunini o‘tkazish.
Institutga biriktirilgan maktablarda institut fakultetlari dekanatlari, kafedralar va bo‘limlar tomonidan ochiq eshiklar kuni o‘tkazib kelinmoqda.