Marg‘ilon bank-moliya texnikumida uchrashuv
Joriy yilning 18-yanvar kuni institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S.Mehmonov tomonidan institut qoshidagi Marg‘ilon bank-moliya texnikumida pedagog-xodimlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojatnomasida ta’lim yo‘nalishida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati atroflicha muxokama qilindi va ijrosini o‘quv muassasasida tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Shuningdek texnikumda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minot bilan bog‘liq mavjud muammolar ko‘rib chiqildi va ularni yechimlari bo‘yicha aniq vazifalar, chora-tadbirlar belgilab olindi.
Texnikum pedagog xodimlarining institutni tegishli kafedralarida tizimli ravishda malaka oshirishlari, institut professor o‘qituvchilari bilan hammualliflikda o‘quv-adabiyotlari yaratish, ilmiy salohiyatni oshirishlari belgilandi.
Tadbir erkin fikr-muloxazalar, savol-javoblar asosida mazmunli o‘tdi.