Master klass - Xalqaro audit standartlari
"Audit" kafedrasi tashabbusi bilan Malayziyalik iqtisodchi Dr. Junaid M.Shaikh "Xalqaro audit standartlari" mavzusida 2-aprel kuni zoom orqali master klass o‘tkazdi. 1 soatdan ortiq davom etgan master klassda 100 ga yaqin professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar xalqaro standartlarda faoliyat olib borish imkoniyatlari va qulayliklari haqida amaliy misollar orqali mutaxassisdan ma’lumot oldilar.