TMI va Texnopark oʻrtasida memorandum imzolandi.

TMI va Texnopark oʻrtasida memorandum imzolandi.

2021-yil 18-may kuni, Toshkent Moliya instituti vakillari bilan "Texnopark" MCHJ hududida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad, Toshkent Moliya instituti va "Texnopark" MCHJ o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo'ldi.

Ushbu Memorandumning mavzusi, institut va korxona o'rtasida ta'lim, fan, tomonlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan professional ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, institutda tahsil olayotgan talabalarga amaliyotlarni tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirishga qaratilgan hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini rivojlantirishdan iborat bo'ldi.

 

 

12:35 / 2021-05-18
Success helper
Success warning