“Mobil banking” mavzusida “Ipak Yo’li” AITB xodimlaridan master-klass

“Mobil banking” mavzusida “Ipak Yo’li” AITB xodimlaridan master-klass

 2020-yil 11-fevral kuni “Ipak Yo’li” AITB xodimlari “Bank hisobi va audit” kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda Bank ishi fakultetida “Mobil banking” mavzusida master-klass o’tkazdilar.

 

 Tadbirda “Ipak Yo’li” AITB Amaliyot boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Gulnora Sayidjalilova, Ijro bo’limi boshlig’i Anvar Isaev va bank mutaxassislari, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

 

 Bank tizimida raqamli texnologiyalarni qo’llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta’minotlarni yaratish bugungi kunning dolzab masalalaridan hisoblanadi. “Ipak Yo’li” AITB tomonidan aholiga masofaviy xizmat ko’rsatishni yanada rivojlantirish, mobil ilovalarni zamon talablariga moslashtirish, mijozlarga qulay va sifatli xizmatlar ko’rsatish, xususan onlayn kredit, depozit, valyuta ayirboshlash, pul o’tkazma amaliyotini o’tkazish bo’yicha bank xodimlari tomonidan taqdimot qilindi. Shuningdek, bank xodimlari professor-o’qituvchi va talabalarga bank mobil ilovasi orqali kredit olish, valyuta xarid qilish bo’yicha amaliy bank operatsiyalarini amalga oshirdilar. Tadbir qiziqarli va jonli tarzda o’tdi.

 

 

18:00 / 2020-02-11
Success helper
Success warning