“Moliya tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

“Moliya tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish, moliya sohasidagi ustuvor yo’nalishlar bo’yicha strategik vazifalarni bajarish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim va fanni rivojlantirish yo’lida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi tomonidan 2022-yil 27-may kuni “Moliya tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.





Anjumanning asosiy maqsadi – moliya nazariyasiga zamonaviy qarashlar va konsepsiyalar, davlat moliyasi amal qilishining zamonaviy muammolari va yechimlari, moliya tizimini kompleks rivojlantirish, aholi moliyaviy savodxonligini oshirish, muqobil moliyalashtirishni rivojlantirish istiqbollari, global moliya tizimining zamonaviy tendensiyalari bo’yicha xalqaro miqyosda olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda dolzarb muammolarni muhokama qilish va ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.









Xalqaro anjuman geografiyasi o’tgan yillarda o’tkazilgan xalqaro anjumanlarga nisbatan ham kengayib, uning faoliyatida mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda, Amerika Qo’shma Shtatlari, Fransiya, Ispaniya, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Qozog’iston va boshqa davlatlar iqtisodchi olimlari, ilmiy izlanuvchilari va talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, anjuman ishida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, xususan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik Palatasi, Hisob Palatasi, Moliya vazirligi mutasaddilari mamlakat moliya tizimini mustahkamlash hamda xalqaro doirada global moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish borasidagi ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.  





Anjumanda ko’tarilgan masalalar umumiy yigilish va asosiy yo’nalishlar bo’yicha sho’balarda muhokama qilinib, natijalari yuzasidan eng yaxshi ma’ruzachilar diplomlar bilan taqdirlandilar.







Natijalar bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiya va ilmiy xulosalar anjuman materiallari to’plamida chop etilishi barobarida, tegishli vazirliklar va davlat idoralariga ham taqdim etiladi.

Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim olimlarining bunday formatdagi ilmiy-amaliy faoliyati mamlakatimiz moliya tizimini yanada takomillashtirish hamda global moliya muammolarini hal qilishga xizmat qiladi.


 

 

 

17:25 / 2022-05-27
Success helper
Success warning