"Murojaatnoma-mamlakat taraqqiyotining dasturiamali"
2021-yil 13-yanvar kuni Toshkent Moliya instituti hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Yunusobod tuman Kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan “Murojaatnoma-mamlakat taraqqiyotining dasturiamali” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev, Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori Feruza Muxitdinova, O‘zMTDP Yunusobod tuman Kengashi raisi Dono Ahmedova, Yunusobod tuman kengashi deputatlari mehmon sifatida tashrif buyurgan bo’lsalar, tinglovchi sifatida institutning professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Murojaatnomada qayd etilganidek, yangi yilda oliy taʼlimning qamrovi va sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Keyingi yildan boshlab oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilishi, oliy oʼquv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni 2 barobarga koʼpaytirilib, 2 mingtaga yetkazilishi, aʼlo baholarga oʼqiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etilishi yoki “El-yurt umidi” jamgʼarmasi orqali yetakchi xorijiy oliy oʼquv yurtlarining magistratura va doktoranturasida oʼqishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirilishi, ushbu dastur orqali ilk bor bakalavr yoʼnalishida chet ellarga 100 nafar yoshlarning yuborilishi kabi tashabbuslar bir tarafdan yoshlarning ilm olishini kengaytirishga imkon yaratsa, yana bir tarafdan ilmga bo’lgan rag’batni rivojlantirishi shubhasiz.
“Murojaatnomada bayon qilingan fikrlar, belgilangan vazifalar ma'lum bir soha vakillarigagina emas, o‘zini shu yurt taqdiriga dahldor deb bilgan barcha yurtdoshlarimizga taalluqli ekanligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida yoshlarimizning o‘z oldilariga qo’ygan katta marralarga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur, deya fikr bildirdi, Innovatsiya vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiev.