OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIK ALOQALARI

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIK ALOQALARI

2021-yilning 19-iyun sanasida Navoiy davlat konchilik institutida Hududiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari Kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

 

Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad - iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, ish beruvchi korxonalarning talablariga muvofiq, yuqori bilim va ko’nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim muassaslari va korxonalar hamkorligini yo’lga qo’yish bo’ldi.

 

Mazkur tadbir davomida Toshkent moliya instituti rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich Navoiy davlat konchilik instituti rektori va shu bilan bir qatorda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktori Sanakulov Quvandik Sanakulovich bilan uchrashdi. Raxbarlar uchrash davomida hududlardagi mavjud ishlab chiqarish korxonalarning muammolarini yechishda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishga qaratilgan masalalar bo’yicha o’zaro manfaatli kelishuvlarni imzoladilar.

 

Doktorantlar, magistrlar va talabalarning istiqbolli innovatsion ishlanmalari va start up loyihalari bo’yicha hamkorlikni amalga oshirish hamda ularni tijoratlashtirish kelishuv doirasidagi masalalarnining yechimi sifatida qaraldi, provardida esa ilm-fan soha rivojini jadallashtirish maqsad qilindi.

 

Mazkur uchrashuv davomida institut rektorlari oʻquv va ilmiy tadqiqot sohalaridagi tajribalarni boshqa oliy taʼlim muassasalariga joriy qilish, laboratoriya bazalaridan jamoaviy foydalanishning samarali mexanizmalarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalarni o’zaro muhokama qildilar.

 

Forum doirasida oliy oʻquv yurtlari oʻzaro hamkorlikni maqsadli tashkil etib, kelgusida ishlab chiqarish korxonalarining texnologik va iqtisodiy modernizatsiya qilishda oliy taʼlim muassasalari rolini oshirishga kelishib olindi.

 

 

 

 

10:46 / 2021-06-21
Success helper
Success warning