“Ekonometirika va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan kafedra haftaliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
2019-yil 14-may kuni “Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi pedogog-xodimlari tomonidan “Biz OITSga qarshimiz” mavzusida “Bank ishi” fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda vrach ginekolog M.Tillashayxova, institut murabbiylar kengashi raisi U.Rajabov, Toshkent Moliya instituti “Bank ishi” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini M.Rustamov, “Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Z.Toshmatov va mazkur kafedra pedogog-hodimlari: I.Xabibullayev, U.Asrayev, M.Jumaniyozova, A.Jamaldinova, U.Tursunov, R.Matniyozov, KBI-72 guruh rahbari M.I.Azizova, KBI-72, KBI-61 guruhlar talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Tadbirni “Bank ishi” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini M.Rustamov ochib bergach vrach ginekolog M.Tillashayxova OITS, uning tarixi, ehtiyot choralari haqida mazmunli ma’ruza qildi va videorolik orqali talabalarga qizikarli ma’lumotlar taqdim qildi.