“Halol kasb-farovonlik omili” mavzusida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li bilan davra suxbati

“Halol kasb-farovonlik omili” mavzusida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li bilan davra suxbati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5106-son farmoni ijrosini ta’minlash, mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, bunda ularning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish maqsadida Toshkent moliya institutida 2019-yilning 4-aprel kuni “Halol kasb-farovonlik omili” mavzusida davra suxbati boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir G‘aznachilik va davlat jamg‘armalari fakultet tasarrufidagi “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan “Kafedra haftaligi” doirasida oʻtkazildi. Tadbir mexmoni sifatida Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Xo‘ja Alambardor” masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li ishtirok etdilar. 250 dan ortiq talabalar ishtirokidagi mazkur tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Karimqulov Jasur Imomboyevich ochib berdilar. Shundan song navbat ustoz Odilxon qori Yunusxon o‘g‘liga berildi. Mexmon suhbat davomida mavzuga doir go‘zal hadisu rivoyatlardan, Qur'on oyatlari tafsiridan mutolaa qildilar. Halol kasb haqiqatan ham inson saodati ekanligi barchaga ravshan bo‘ldi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan ustoz Odilxon qori Yunusxon o‘g‘liga murojaat qildilar va tolaligicha javob oldilar.

 

 

12:44 / 2019-04-06
Success helper
Success warning