Toshkent moliya instituti Magistratura bosqichi “Investitsiyalarni boshqarish” yo'nalishi magistranti Butayev Javlonbek Inatillo o'g'li Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021" Xalqaro loyihasida qatnashib, Iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha birinchi darajali diplom va "Eng yaxshi yosh olim – 2021” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldi.
Ushbu loyihada butun MDH davlatlari bo‘ylab ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan eng yaxshi yosh olimlar ishtirok etishdi.
Loyihaning maqsadi esa yosh olimlarning eng yaxshi innovatsion va ahamiyatli loyihalarini aniqlash, ilmiy qiziqishlarini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish uchun umumiy birlashtiruvchi platforma yaratishdir.
Magistrant Javlonbek Butayev hamda uning ilmiy rahbari Umurzak Radjabovlarni Institut rektorati va Kasaba uyushma qo‘mitasi qutlab, bu kabi muvaffaqiyatlar bardavom bo’lishini tilaydilar!