Oliy taʼlim integratsiyasi – taraqqiyot omili
Toshkent moliya institutining Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universiteti bilan hamkorligi kengaymoqda.
Joriy yilning 26-sentabr kuni institutimizning hamkor oliy taʼlim muassasasi — Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor A.Tuychiyev, TMI-PDU qoʻshma fakulteti dekani T.Baymuratov, Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universiteti rektori Sh.M.Mashokir, xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi K.K.Sharipov ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad – Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universiteti oʻrtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, bugungi mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq, istiqbolli kadrlarni tayyorlash va qoʻshma taʼlim dasturini joriy qilish hisoblanadi.
Uchrashuvda qoʻshma taʼlim dasturi doirasida 2021/2022 oʻquv yili uchun TMI-TDHBSU qoʻshma fakultetiga qabul jarayoning borishi, taʼlim tizimi integratsiyasi, akademik mobillilik kabi bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashinildi, takliflar tinglandi hamda istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
TMI matbuot xizmati