QS Higher Education Summit: Asia Pacific - 2023
Xabar qilganimizdek, joriy yilning 7–9-noyabr kunlari Malayziya davlati poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan “QS Oliy ta’lim sammiti: Osiyo Tinch okeani – 2023” (QS Higher Education Summit: Asia Pacific - 2023)da Toshkent moliya instituti ham o‘zining stendi bilan faol ishtirok etmoqda.
Xorijning qator vazirliklari, ta’lim tashkilotlari hamda ko‘plab xalqaro oliy ta’lim muassasalari vakillariga institut va uning faoliyati to‘g‘risida taqdimot qilinib, atroflicha ma’lumot berilmoqda.
Xalqaro sammit davom etmoqda...