Institut delegatsiyasi QS Oliy ta’lim sammiti: Osiyo Tinch okeani – 2023” ishtirok etmoqda
Joriy yilning 7–9-noyabr kunlari Toshkent moliya instituti delegatsiyasi Malayziya davlati poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan “QS Oliy ta’lim sammiti: Osiyo Tinch okeani – 2023” (QS Higher Education Summit: Asia Pacific - 2023)da ishtirok etmoqda.
Bugun, 7-noyabr kuni sammitning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi hamda sammit o‘z ishini boshladi. Bu yilgi sammitda ilk bor O‘zbekistondan 7 ta oliy ta’lim muassisi o‘z stendlari bilan qatnashmoqda. Xususan, Toshkent Moliya instituti ham o‘zining stendi bilan ishtirok etmoqda.
Institut pavilyoniga Malayziya shahzodasi, O‘zbekiston respublikasining Malayziyadagi elchixonasi vakillari, QS reyting agentligi menejeri va mintaqaviy koordinatori tashrif buyurdi.
Ta’kidlash joizki, Mazkur tadbir oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish, xalqaro reyting tashkilotlari ro‘yxatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.