Polotsk davlat universiteti bilan onlayn videokonferentsiya

Polotsk davlat universiteti bilan onlayn videokonferentsiya

Toshkent moliya instituti hamda Polotsk davlat universiteti o‘rtasida 2018-yilda TMI-PDU qo‘shma fakulteti tashkil etilgan. Hozirgi kunda mazkur fakultetning 1-2-kurslarida 200 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

 

Joriy yilning 6-iyul kuni hamkor OTM rektorlari o‘rtasida navbatdagi onlayn videokonferentsiya tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda 2020/2021 o‘quv yili yakunlari, 2021-2022 o‘quv yiliga har tomonlama puhta tayyorgarlik ko‘rish, 3-kurs talabalarining Polotsk davlat universitetida o‘qishini davom ettirish yuzasidan tashkiliy ishlarni amalga oshirish muhokama qilindi.

 

Ikki tamon rahbarlari 2021-2022 o‘quv yilida o‘qishini Polotsk davlat universitetida davom ettiradigan talabalarga o‘qish, yashash sharoitlarini yaratib berish, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish, qabul kvotalarini yanada oshirish, o‘quv–uslubiy va ilmiy faoliyatda ham hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

12:46 / 2021-07-07
Success helper
Success warning